Rossiyalik harbiylarga nisbatan jinoyatlarga javob berishadi – Zaxarova

Olam

image

Ukrainadagi rossiyalik harbiy xizmatchilarga qarshi sodir etilgan barcha jinoyatlar diqqat bilan qayd etilgan va aybdorlar javobgarlikka tortiladi. Bu haqda bugun, 29 mart kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi. 

Diplomat jahon ommaviy axborot vositalarida rossiyalik harbiy asirlarga nisbatan “Ukraina jangarilarining vahshiyliklari aks etgan dahshatli videolavhalar” tarqatilganiga e’tibor qaratdi.  

"Bu harbiy jinoyatlarning barchasi diqqat bilan qayd etilgan. Aybdorlar javobgarlikka tortiladi", deya davom etdi u. 

Zaxarova ta’kidlaganidek, tegishli harbiy jinoyatlarni sodir etgan ukrainalik jangarilar uzoq vaqtdan beri "insonlikdan mahrum qilingan". 

"Ularni bu jarayonni g‘arbdan ma’naviy, axloqiy, moliyaviy, qurol-yarog‘ bilan qo‘llab-quvvatlash va insoniylikdan mahrum qilish hozirgi vaziyatga olib keldi. Ular Donetsk va Lugansk hududlarida sakkiz yil davomida aynan shunday qilishdi", deydi u. 

29 mart kuni ertalab Rossiya delegatsiyasi rahbari, Prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy Istanbuldagi Rossiya-Ukraina muzokaralari yakunlari bo‘yicha Ukraina rossiyalik harbiy xizmatchilarni haqorat qilgan jinoyatchilarga nisbatan eng qattiq choralar ko‘rishga va’da berganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mariya Zaxarova Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

557

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing