Rossiyalik harbiy jurnalist Ukrainadagi urush maydonida halok bo‘ldi
Olam
−
15 iyun 2022
8923Harbiy jurnalist, Milliy gvardiya matbuot xizmati xodimi, polkovnik Sergey Postnov Ukrainada halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati faxriylar kengashi sayti xabar berdi.
“14 iyunga o‘tar kechasi harbiy jurnalist, Rossiya gvardiyasi ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro aloqalar 1-bo‘limi axborot-javob guruhi boshlig‘i, polkovnik Sergey Postnov harbiy xizmat burchini o‘tayotib qurbon bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
To‘rt oydan ko‘proq vaqt davomida Postnov Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyada qatnashdi.
“V guruh tarkibida u Gostomelgacha borgan, keyin Xarkov viloyati va Lugansk Xalq Respublikasining bir qator shahar va qishloqlarini ozod qilishda ishtirok etgan”, deyiladi xabarda.
Suvorov maktabidan so‘ng Postnov Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Harbiy universitetining madaniyat va jurnalistika fakultetini tamomlagan va 2002 yilda Rossiya Ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlarida faoliyat boshlagan. Keyinchalik u uzoq vaqt davomida "Jangovar postda" harbiy jurnali tahririyatida ishlagan, u yerdan Rossiya gvardiyasi markaziy apparatiga tayinlangan. Postnov turli mukofotlar, shu jumladan 2-darajali "Vatanga xizmatlari uchun" ordeni va Suvorov medali bilan taqdirlangan.
LiveBarchasi