Rossiya Ukrainaga dronlar bilan zarba berdi
Olam
−
30 noyabr
4618Oxirgi 24 soat davomida Rossiyaning Ukraina hududlariga bergan zarbalari oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi, 22 kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy hokimliklar xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 29 noyabr kuni tunda Rossiya 132 ta dron uchirgan, Ukraina havo mudofaa tizimi esa ularning 88 tasini yo‘q qilgan. Kiyevda Rossiyaning dron bilan kechasi amalga oshirgan hujumi oqibatida bir nechta binolar zararlangan. Mahalliy aholi yong‘inlarni o‘chirishda yordam bermoqda.
Ukraina poytaxti meri Vitaliy Klichkoning ma’lum qilishicha, dronning qoldiqlari mahalliy klinikaga va uning atrofiga tushgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 noyabr kuni Rossiya Ukraina bo‘ylab dron hujumlari uyushtirgandi. Oqibatda noturarjoy infratuzilmasi ob’ektiga shikast yetgan, bir jabrlanuvchi topilib, poytaxtdagi tibbiyot muassasasiga yotqizilgan. Shu bilan birga, Ukraina harbiy-havo kuchlari tun bo‘yi dron hujumlari xavfi haqida, xususan, Kiyev, Poltava va Cherkas viloyatlari hamda mamlakat shimoli-sharqida ogohlantirgan.