Rossiyaga Tojikiston fuqarolari ommaviy ravishda kiritilmadi
Olam
−
27 aprel
27457Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi vakillari Rossiyaning respublikadagi elchisi Semyon Grigorev bilan mamlakat fuqarolari Rossiya Federatsiyasi chegarasini kesib o‘tishda duch kelgan qiyinchiliklarni muhokama qildi. Bu haqda Tojikiston TIV xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Grigorev bilan uchrashuv kecha, 26 aprel kuni bo‘lib o‘tgan.
Uchrashuvda Tojikiston Respublikasi fuqarolarining so‘nggi bir necha hafta ichida Rossiya Federatsiyasi davlat chegarasini kesib o‘tishda duch kelgan qiyinchiliklari muhokama qilingan.
“Elchi tojik tomoni e’tiboriga tojik fuqarolarining Rossiyaga kirishini rad etish bo‘yicha keng tarqalgan asossiz holatlar haqida yetkazildi”, deyiladi xabarda.
Gap shundaki, joriy yilning 25 aprel kuni “Asia Plus” nashri Qozog‘istonning Janubiy Ural viloyati va Rossiyaning Orenburg viloyati chegarasidagi “Sagarchin” nazorat-o‘tkazish punktida yuzlab Tojikiston fuqarolari bir necha kundan beri qolib ketgani haqida xabar bergan.
Bir necha kishi jurnalistlarga video va audio xabarlar yo‘llab, 22 apreldan buyon Tojikiston davlat raqamlariga ega 180 ga yaqin avtomobil Rossiya Federatsiyasiga kiritilmagani uchun nazorat-o‘tkazish punktlarida turganini aytishgan.
Shuni qayd etish kerakki, so‘nggi paytlarda tojik muhojirlarini qabul qiluvchi asosiy davlatlardan biri bo‘lgan Rossiya ular ustidan nazoratni kuchaytirdi.
Ma’lumot uchun, 22 mart kuni Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Holl”ning konsert zalida bir guruh qurollangan shaxslar otishma boshlagan, keyin esa o‘t qo‘ygan. ISHIDning "Viloyat Xuroson" nomli yacheykasi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Ammo teraktda Tojikiston fuqarolari gumonlanmoqda.
LiveBarchasi