Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklardan o‘zlari bilan isiriq olmaslik so‘raldi
Jamiyat
−
05 aprel
7090Uzbekistan Airways Rossiya Federatsiyasi shaharlariga jo‘nab ketayotgan yo‘lovchilardan o‘zlari bilan isiriq olmaslikni so‘radi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasi Hukumatining Farmoniga ko‘ra, harmala (isiriq) o‘simligi Rossiyada giyohvand moddalarni o‘z ichiga olgan va nazorat qilinadigan o‘simliklar ro‘yxatiga kiritilgan. Isiriqni mamlakatga olib kirish bilan bog‘liq barcha harakatlar Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 229.1-moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladi.
“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, sizdan ushbu turdagi o‘simlikni qo‘l yukingizda va bagajda olib o‘tmasligingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi