Rossiyaga qarshi to‘qqizinchi sanksiyalar paketi tayyorlanmoqda

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi mojaro tufayli Rossiyaga qarshi to‘qqizinchi sanksiyalar paketi ustida faol ishlamoqda. Bu haqda bugun, 24 noyabr kuni Yevrokomissiya (YeK) rahbari Ursula fon der Lyayen Finlyandiyada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. 

“Bugun e’lon qilishim mumkinki, biz sanksiyalarning to‘qqizinchi paketi ustida to‘liq tezlikda ishlayapmiz”, deydi u. 

Fon der Lyayenga ko‘ra, YeI Rossiya iqtisodiyotini zaiflashtirish uchun qattiq harakat qilmoqda va Ukraina g‘alaba qozonmaguncha to‘xtamaydi. 

Rossiya Ukrainaga nisbatan harbiyy bosqin boshlagan joriy yilning fevral oyidan beri Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sakkizta sanksiya paketini joriy qilgan edi. Oxirgi sanksiyalar paketi oktyabr oyi boshida tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 noyabr kuni Strasburgda Yevropa Ittifoqi parlamenti Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi harbiy tajovuzi tufayli Rossiyani terrorizmning homiysi sifatida tan olish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Qarorni 494 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi, 58 nafari qarshi, 44 nafari betaraf qoldi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

74

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing