Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 11-paketi oxirgisi bo‘lmaydi – Shols 

Olam

image

Yevropa Ittifoqning Rossiyaga qarshi o‘n birinchi sanksiyalar paketi oxirgisi bo‘lmaydi, tashkilot boshqa sanksiya paketlarini ham tayyorlaydi. Bu haqda bugun, 9 may kuni Germaniya kansleri Olaf Shols Strasburgda Yevropa kuniga bag‘ishlangan Yevroparlament Bosh Assambleyasi sessiyasidagi nutqi oldidan jurnalistlarga ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalar rejimini yanada kengaytirish masalasini ko‘rib chiqmoqda va 11-sanksiya paketidan so‘ng yana ko‘proq cheklovlar paydo bo‘ladi.

“Keyingi (11-chi) sanksiyalar paketi oxirgisi bo‘lmaydi”, degan Sholz cheklovlar ustida ishlash doimiylikni talab qilishini eslatar ekan.

Kecha, 8 may kuni Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarga Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 11-paketi loyihasini topshirgan. Yevropa Komissiyasining xabar berishicha, yangi paket, birinchi navbatda, allaqachon qabul qilingan cheklovlarning amalga oshirilishi ustidan nazoratni kuchaytirishga tegishli bo‘ladi. Ertaga, 10 may kuni yangi sanksiyalar paketi a’zo davlatlarning Yevropa Ittifoqi Kengashidagi doimiy vakillari qo‘mitasida (COREPER) muhokama qilinadi.

Yevropa nashrlarining yozishicha, navbatdagi sanksiyalar paketi Rossiyaga harbiy maqsadlarda foydalaniladigan texnika yetkazib berish bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan bir qator Xitoy kompaniyalarini o‘z ichiga oladi.

Ayni paytda YeI tomonidan Rossiya Federatsiyasiga nisbatan 10 ta sanksiyalar paketi mavjud. Ular Rossiyaga savdo, moliya, energetika, jumladan, neft va ko‘mir, sanoat, texnologiya, transport, ikki maqsadda ishlatiladigan mahsulotlar, hashamatli tovarlar va oltinga nisbatan keng qamrovli cheklovlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, hozirgacha Rossiyaga aloqador mingdan ortiq odam va 200 ga yaqin muassasaning mol-mulki muzlatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Evropa sanktsiya Olaf Shol'ts

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing