“Rossiyaga qarshi anklavga yo‘l qo‘ymaymiz”. Putin Samarqanddan dunyoga yangi signal berdi

Olam

image

Moskva Ukrainada Rossiyaga qarshi anklav yaratilishiga yo‘l qo‘ymaslik va u yerdan Rossiya Federatsiyasini silkitib qo‘ymaslik uchun “maxsus harbiy operatsiya”ni boshlagan. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 16 sentyabr kuni O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha jurnalistlar savollariga javob berar ekan so‘z ochdi.  

"Ular (G‘arb davlatlari – tahr.) har doim mamlakatimizni parchalashga intilgan, bu aniq. Faqat afsuslanarlisi shundaki, qaysidir nuqtada Ukrainadan ushbu maqsadlarga erishish uchun foydalanish g‘oyasi paydo bo‘lgan", deydi Rossiya rahbari. 

Uning qayd etishicha, voqealarning bunday rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun “maxsus harbiy operatsiya”ni boshlangan.  

“Aynan shu uchun! AQSH boshchiligidagi G‘arb davlatlari shunday aksilrossiya anklavini yaratish va endi Rossiyani silkitish, unga bu tomondan tahdid qilishga harakat qildi va qilyapti”, deya tushuntirdi Putin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha Rossiya Ukrainaning o‘zining tinch aholi punktlariga bergan zarbalariga vazminlik bilan javob bermoqda.

Shuningdek, davlat rahbari Kiyevning Ukraina xavfsizligini kafolatlash bo‘yicha joriy loyihasi bilan tanish emasligini aytdi. 

“To‘g‘risini aytsam, ular bu safar nima taklif qilayotgani bilan tanish emasman”, deydi Putin.

Putin so‘zida davom etarkan, Moskva Ukraina atrofidagi barcha harakatlarni aslida kelishuvdan boshlaganini urg‘uladi. 

“Biz aslida shu bilan boshladik. Biz Kiyevning amaldagi rasmiylari bilan muzokaralar olib borganimizda gaplashgan edik va aslida Istanbuldagi ushbu muzokara jarayonini taniqli Istanbul kelishuvi loyihasi bilan yakunladik, shundan so‘ng qo‘shinlar Kiyevdan bu kelishuvni tuzish uchun sharoit yaratish maqsadida olib chiqildi”, deydi Prezident.  

Shu bilan birga, u, Kiyev kelishuv tuzish o‘rniga Moskva bilan har qanday kelishuvdan bosh tortganini ta’kidladi.  

"Kiyev ma’murlari xulosa qilish o‘rniga darhol barcha kelishuvlardan voz kechishdi, ularni qutiga tashladilar, Rossiya bilan hech qanday kelishuvga intilmasliklarini, balki jang maydonida g‘alabaga erishishlarini e’lon qilishdi – bayroq qo‘llarida. Ular hozir shunchaki buni qilishga harakat qilmoqdalar. Bu qarshi hujumni o‘tkazar ekanmiz, keling, u qanday tugashini ko‘ramiz”, deydi Rossiya rahbari.

Rossiya rahbari Kiyevning talablari doim o‘zgarib turishini urg‘uladi. 

“Xavfsizlik kafolatlariga kelsak, umuman olganda, biz tomondan ham, NATOning asosiy davlatlari, mintaqa davlatlari, jumladan Turkiyadan ham ancha qattiq kafolatlar talab qilingan edi. Umuman olganda, biz bunga rozi bo‘ldik. Biroz takomillashtirishni talab qiladigan ba’zi narsalar bor edi, lekin ular rozi bo‘lishdi va bu juda jiddiy talablar edi. Ammo Kiyev rasmiylarining o‘zlari buni to‘xtatib qo‘yishdi, ular yana nima bilan kelishdi, men bilmayman, chunki ularning har bir masala bo‘yicha pozitsiyasi deyarli har kuni o‘zgarib turadi. Biz ko‘rishimiz kerak”, deydi etdi Putin.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

1081

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing