Rossiyaga geroin olib o‘tmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik Qozog‘istonda 15 yilga qamaldi
Olam
−
22 fevral 2023
5545Qozog‘istonning Turkiston viloyatida 30 kilogrammdan ortiq geroinni Rossiyaga olib o‘tmoqchi bo‘lgan xorijlik shaxs 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda viloyat sudi matbuot xizmatiga tayanib “Tengrinews” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sudlanuvchi o‘zining avtomashinasida giyohvand moddalarni o‘ta katta miqdorda sotish maqsadida ularni Tojikistondan Qozog‘iston chegarasi orqali Rossiyaga olib o‘tgan.
Erkak “Jibek yo‘li” nazorat-o‘tkazish punktida qo‘lga olingan. Chegara-nazorat kinologi xizmat iti ishtirokida avtomashinani ko‘zdan kechirish chog‘ida yoqilg‘i bakidan umumiy og‘irligi 31 kilogramm 465,2 gramm bo‘lgan geroin moddasi aniqlagan.
Sudlanuvchi 2022 yil 22 iyul kuni soat 18:00 da o‘zining avtomashinasida O‘zbekistonning “G‘isht-ko‘prik” chegara nazoratidan o‘tib, Qozog‘istonning “Jibek yo‘li” nazorat-o‘tkazish punktida to‘xtagan.
U Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 24-moddasi 3-qismi, 286-moddasi 4-qismi, 297-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli topilgan.
Sudlanuvchining jinoiy harakatlari ish materiallari bilan isbotlanib, unga nisbatan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. U bu muddatni kuchaytirilgan muassasalarida o‘tashi belgilangan.
LiveBarchasi