Rossiyaga borayotgan qirg‘izistonliklar ogohlantirildi

Olam

image

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolarini 1 dekabrdan kuchga kiradigan Rossiya chegarasidan o‘tishning yangi qoidalariga tayyor bo‘lishga chaqirdi. Bu haqda Qirg‘iziston TIVga tayanib, AKI Press xabar berdi. 

“Rossiya Federatsiyasi hukumati qaroriga ko‘ra, 2024 yil 1 dekabrdan boshlab Rossiyaga kirish va chiqishda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan biometrik ma’lumotlarni olish bo‘yicha tajriba boshlanadi”, deyiladi TIV bayonotida. 

Qayd etilishicha, fuqarolar Moskvadagi Domodedovo, Sheremetevo, Vnukovo va Jukovskiy aeroportlari orqali, shuningdek, Orenburg viloyatidagi Mashtakovo avtomobil o‘tish punkti orqali Rossiyaga kirganda biometrik ma’lumotlarini topshirishi kerak bo‘ladi.

“Biometrik ma’lumotlar raqamli suratga olish va qo‘l barmoqlari papillyar izlarini skanerlashni o‘z ichiga oladi”, deyiladi xabarda. 

Shu munosabat bilan TIV qirg‘izistonliklarni Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi talablarini hisobga olishga va yuqorida ko‘rsatilgan chegara o‘tish punktlarida qo‘shimcha protseduralarga oldindan tayyor bo‘lishga chaqirgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1 dekabrdan boshlab Rossiyaga kirish uchun chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan biometrik ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha sinov loyihasi ishga tushirilishi xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qirg'iziston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing