Rossiyaga birovning yeri kerakmas – Medvedev

Olam

image

Rossiyaga o‘zganing yeri kerak emas, ammo u o‘zinikini bermaydi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Butunjahon yoshlar festivalidagi ma’ruzasida aytib o‘tdi.

Medvedevga ko‘ra, Ukrainaning amaldagi rasmiylari bilan tinchlik muzokaralarini olib borishning iloji yo‘q. Rossiya kollektiv G‘arbning rusofob siyosatiga, uning davlatchilikni yo‘q qilish, mustaqillik va mamlakat suverenitetiga putur yetkazish istagiga javob berishga majbur.

“Bir paytlar Ukrainaning sobiq rahbarlaridan biri Ukraina Rossiya emas, degan edi. Bu tushuncha abadiy yo‘qolishi kerak. Ukraina, shubhasiz, Rossiyadir. Ukraina va uning aholisini haqli ravishda umumrus sivilizatsiyasining bir qismi. Dneprning ikkala qirg‘og‘idagi hududlar Rossiya strategik va tarixiy chegaralarining bir qismidir, shuning uchun ularni majburan o‘zgartirishga, bo‘lib tashlashga bo‘lgan barcha urinishlar barbod bo‘ladi”, deya qo‘shimcha qilgan u.

 Shuningdek, Medvedev Rossiyaning MDH davlatlari bilan hududiy bahslari yo‘qligini tushuntirgan.

“Yaqin xorij” tushunchasi shunchaki so‘z emas, balki mohiyatning aksidir. Alohida aytmoqchimanki, unga a’zo davlatlar bilan bizning hududiy bahslarimiz yo‘q”, degan Medvedev.

Shunga qaramay, u Putinning Rossiya chegaralari “hech qayerda tugamaydi” degan iborasini ham eslab, buni “juda yaxshi so‘zlar”, deb atagan.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made