Rossiyadan migrantlar ommaviy deportatsiya qilinmoqda (video)

Olam

image

Rossiyaning Moskva shahri Domodedovo aeroportida migrantlarning ommaviy deportatsiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Ostorojno, Moskva” Telegram-kanalida xabar berildi.

Guvohlar yuzga yaqin chet el fuqarolarining Domodedovo aeroportida deportatsiya qilinayotganini videoga olgan. Niqobli xavfsizlik xodimlar qo‘llarini yuqoriga ko‘targan holda erkaklar va ayollardan iborat migrantlarni jo‘nab ketish maydoniga olib kirgan.

Deportatsiya qilinayotgan migrantlar qaysi davlat fuqarolari ekani haqida ma’lumotlar ochiqlanmagan.

Rossiya Ichki ishlar vazirining migratsiya siyosatini nazorat qilish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, politsiya general-polkovnigi Aleksandr Gorovoyning ma’lum qilishicha, bugungi kunda Rossiyada 739 ming noqonuniy migrant mavjud va ularning asosiy qismini O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Armaniston va Ozarbayjon fuqarolari tashkil qiladi. Mamlakatdagi umumiy migrantlarning 9 foizi noqonuniy migrantlar hisoblanadi. Ularning umumiy soni 739 mingga yaqin va so‘nggi to‘rt-besh yil ichida bu ko‘rsatkich 30 foizdan oshgan. Rossiyada o‘z fuqarolari soni bo‘yicha birinchi o‘ntalikka esa O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Belarus, Ukraina, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Xitoy va Turkmaniston kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Rossiyskaya gazeta” nashri rus tilini bilmagan migrantlar Rossiyadan chiqarib yuborilishi mumkinligini yozgandi. Leonid Slutskiy boshchiligidagi Rossiya Liberal-demokratik partiyasi (LDP) vakillari Davlat dumasiga tegishli qonun loyihasini kiritgan. Unga ko‘ra, agar migrantning vataniga ketishi uchun mablag‘i bo‘lmasa, u o‘z mamlakatining diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi hisobidan deportatsiya qilinadi.

Rossiya hukumati Davlat Dumasiga migratsiya sohasida noqonuniy xatti-harakatlar sodir etganlik, shu jumladan migratsiya organlarida soxta ro‘yxatga olish uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

migrantlar deportatsiya Domodedovo aeroporti Moskva shahri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing