“Rossiyadan chiqayotgan hech narsa ishonchli emas”. Yevrokomissiya Prigojinning o‘lganiga ishonmayapti

Olam

image

Yevrokomissiya “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojinning o‘limi haqidagi ma’lumotlarning ishonchliligiga shubha qilmoqda. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

“Bugungi kunda Rossiyadan chiqayotgan deyarli hech narsa ishonchli emas. Ha, biz “Vagner” guruhi rahbari Yevgeniy Prigojin, shuningdek, uning atrofidagilar va ekipaj a’zolarining o‘limiga sabab bo‘lgan samolyot halokati haqidagi xabarlarni ko‘rdik. Ammo Rossiyadagi boshqa ko‘plab mamlakatlar singari, buni tekshirish juda qiyin”, deydi Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar bo‘limi matbuot kotibi Peter Stano.

U Prigojinning o‘limi shunchaki taxmin ekanligini aytib o‘tgan.

“Yevropa Ittifoqi Prigojin va “Vagner”ni, albatta, Ukraina, Suriya, Liviya, Afrika davlatlaridan boshlab, ko‘p joylarda sodir etgan qonunbuzarliklari uchun sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Ular qayerda bo‘lgan yoki hozir qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, inson huquqlarining buzilishi bo‘yicha iz qoldirgan. Shu bois, shuncha qonunbuzarliklar hisobga olinsa, ayniqsa, ushbu mamlakatlar va ularning aholisi uchun faqat salbiy oqibatlar bo‘ladi”, deydi Stano.

Shuningdek, u Yevrokomissiya “Vagner” guruhi qanday tashkil etilgani, kimga bog‘lanishi, Kreml tomonidan qanday nazorat qilingani va moliyalashtirilgani haqida bilishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, 23 avgust kuni Rossiyaning Tver viloyatida halokatga uchragan samolyot bortida “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin va uning hammuassisi Dmitriy Utkin bo‘lgani, bortdagi barcha 10 yo‘lovchi halok bo‘lgani aytilgandi. Kecha, 24 avgust kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin samolyot halokatida halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan va Prigojinni iste’dodli tadbirkor, biroq taqdiri og‘ir inson bo‘lgani va hayotida jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yganini qayd etgandi. Hodisa fakti bo‘yicha harakat xavfsizligi va havo transportidan foydalanish qoidalarini buzish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Yevgeniy Prigojinning o‘limini Rossiya uchun katta yo‘qotish deb atagandi.

Shuningdek, Polsha Bosh vaziri Mateush Moravetskiy “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi ustidan nazorat to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga o‘tishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Evrokomissiya Evgeniy Prigojin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing