Tezkor: Prigojin o‘tirgan samolyot halokatga uchrab, u qurbon bo‘lgani aytilmoqda
Olam
−
23 avgust 2023
22484Bugun, 23 avgust kuni Embraer biznes-jeti Rossiyaning Tver viloyatida halokatga uchradi, bortdagilarning barchasi halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
"Embraer samolyoti Sheremetevodan Sankt-Peterburgga uchayotgan edi. Samolyot bortida uch uchuvchi va yetti nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘lgan", deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, voqea Kujenkino qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan.
O‘z navbatida, favqulodda xizmatlar TASS agentligiga to‘rt kishining jasadi topilganini ma’lum qilganch Shuningdek, u samolyot yerga urilganda yonib ketganini, u yarim soatdan kamroq vaqt davomida parvoz qilganini qo‘shimcha qilgan.
Federal havo transporti agentligi halokat yuzasidan tekshiruv boshladi. Departamentning xabar berishicha, samolyot bortidagi yo‘lovchilar orasida Yevgeniy Prigojin ham bo‘lgan.
LiveBarchasi