Rossiyadan 927 nafar o‘zbekistonlik olib kelindi
Jamiyat
−
27 avgust 2020 8569 1 daqiqa
Avvalroq, Rossiyadan 900 nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi poyezdda olib kelinishi haqida xabar bergan edik.
Bugun, 27 avgust kuni 927 nafar fuqaro chiqqan poyezd Namanganga ketib keldi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar viloyat transport boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan avtobuslarda karantin zonalariga yetkazildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu poyezd joriy yilning 23 avgust kuni Rostov-Don shahrining “Pervomayskaya” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan edi.
Live
Barchasi
SAXAL jurnalistlarga zarba berilganini tasdiqlab, ulardan birini “Hizbulloh” terrorchisi deb atadi
28 mart
Tramp “qora shahzoda”ni “orqasidan o‘pishi kerak”ligini va unga “bu yoqimli bo‘lishi”ni aytdi
28 mart