Rossiyadagi YTHda o‘zbeklar va qirg‘izlar halok bo‘ldi
3-sahifa
−
27 iyun 2023
8460Rossiyaning Samara viloyatida yuz bergan YTHda 4 nafar o‘zbekistonlik va 2 nafar qirg‘izistonlik halok bo‘ldi. Bu haqda Qirg‘iziston TIV Axborot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, kecha, 26 iyun kuni tunda Samara viloyatidagi trassada Honda Stepwgn rusumli mikroavtobus va Hyundai Elantra o‘rtasida YTH sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat qirg‘izistonlik haydovchining qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, mikroavtobus bilan to‘qnashishi ortidan yuzaga kelgan.
Hodisa oqibatida Hyundai Elantra salonida bo‘lgan 5 nafar fuqaro va mikroavtobusdagi bir yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha marhumlarning 4 nafari o‘zbekistonlik va 2 nafari qirg‘izistonlik.
Shuningdek, mikroavtobusning 8 nafar yo‘lovchisi ham turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda ularning 3 nafari og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda.
Tegishli organlar tomonidan holat yuzasidan surishtiruv va tergov ishlari olib borilayotgani ta’kidlangan.
Shu bilan birga Qirg‘izistonning Rossiyadagi elchixonasi mamlakatning jabrlangan fuqarolariga konsullik huquqiy yordam ko‘rsatishi va vafot etgan fuqarolarning jasadlari uyiga yetkazib berilishini ma’lum qilgan.
Muhsinjon Umurzoqov
LiveBarchasi