Rossiyadagi yotoqxonada o‘zbekistonlik migrantlar ovqatdan zaharlandi
Olam
−
15 fevral 2025 5719 1 daqiqa
Rossiyaning Moskva shahridagi “Gostinitsa RBK servis” xostelida 50 kishi zaharlandi. Bu haqda manbalarga tayanib, “Mash” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, zaharlanganlar “Obrucheva 30” turarjoy majmuasi qurilishidagi ishchilar bo‘lgan. Kecha, 14 fevral kuni ishdan keyin ularga sho‘rva va tovuq go‘shti berilgan. Yotoqxonaga qaytib kelgach, ularda qusish va diareya boshlangan.
Voqea joyiga o‘nlab tez yordam mashinalari yetib borgan. Aniqlanishicha, oziq-ovqat mahsulotlari “Yenidem” MCHJ tomonidan tayyorlangan. Shuningdek, jabrlanganlar orasida o‘zbekistonlik va tojikistonlik shaxslar borligi ma’lum bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Moskva shahrida joylashgan “Kutuzov” migrantlar yotoqxonasida meningokokk infeksiyasi tarqalgani xabar qilingandi.
Mohimbegim Ma’rufaliyeva
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28