Rossiyadagi o‘zbekistonliklarning qaytishi uchun 2 ta maxsus poyezd reysi yo‘lga qo‘yildi

Jamiyat

image

Rossiyadan O‘zbekistonga qaytayotgan fuqarolar uchun joriy yilning 25-28 iyun kunlari ikkita maxsus poyezd reysi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ma’lum qildi.

25 iyun kuni Voljskiy-Toshkent yo‘nalishida bitta maxsus poyezd qatnovini amalga oshiradi. Bu poyezd Voljskiy vokzalidan soat 20:57 da jo‘naydi.

28 iyun kuni oskva-Toshkent yo‘lovchi poyezdining maxsus reysi yo‘lga qo‘yildi. Mazkur poyezd Moskva Kazanskiy-Toshkent yo‘nalishida harakatni amalga oshiradi. Ushbu poyezd Moskvadan soat 22:28 da jo‘naydi.

Mazkur poyezdlarga faqat bir tomonga, ya’ni Moskva-Toshkent hamda Voljskiy-Toshkent yo‘nalishlariga chiptalar sotiladi. Yo‘lovchilarga chipta xarid qilishda qulaylik yaratish maqsadida chiptalarni elektron tarzda sotish yo‘lga qo‘yilgan.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

migrant poezd

Baholaganlar

127

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing