Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni qaytarish uchun yana avtobuslar yuborildi

Jamiyat

image

Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lgan fuqarolarni olib kelish maqsadida Transport vazirligi huzuridagi “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan kecha, 22 oktyabr kuni 3 ta avtobus Yekaterinburg shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Rejaga muvofiq avtobuslar bugun kechga belgilangan manzilga yetib boradi. Tashkil etilgan maxsus avtobus qatnovi orqali Yekaterinburg, Chelyabinsk, Tyumen shaharlaridan jami 150 nafar fuqarolar O‘zbekistonga olib kelinadi.

Ushbu maxsus avtobus qatnovlari barcha sanitariya qoidalari va Qozog‘iston hamda Rossiya Federatsiyasi tomonidan qo‘yilgan talablarga qat’iy amal qilgan holda bajarilmoqda.

Avvalroq, ikki marta 23 va 26 sentyabr kunlari Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni Vatanga qaytarish uchun avtobuslar karvoni yuborilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

migrant O'zbekiston-Rossiya

Baholaganlar

93

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing