Rossiyadagi o‘zbekistonliklardan norasmiy kurerlik xizmatlarida ishlamaslik so‘raldi

Olam

image

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolarini norasmiy kurerlik xizmatlarida ishlamaslikka chaqirmoqda. 

Agentlik so‘nggi vaqtlarda Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan o‘zbekistonliklar orasida Internet orqali katta miqdordagi pul evaziga mahsulotlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish haqidagi e’lonlar bo‘yicha muammolar yuzaga kelayotganini qayd etgan.

Murojaatlardan ma’lum bo‘lishicha, norasmiy kurerlik xizmatlarida narkotik yoki taqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish (zakladka) taklif qilinmoqda va buning oqibatida politsiya xodimlari tomonidan kurerlar ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.

“Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan norasmiy kurerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirishni so‘raymiz”, deyiladi agentlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga ko‘ra, narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

migrant

Baholaganlar

218

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing