Rossiyadagi o‘zbekistonliklar uchun 8 ta maxsus poyezd qatnovi amalga oshiriladi
Jamiyat
−
05 dekabr 2021
9584Pandemiya davrida Rossiya davlatida qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolariga mamlakatga kelishlari uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishida 483-sonli maxsus yo‘lovchi poyezdining 8 marotaba qatnovi amalga oshiriladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.
Kecha, 4 dekabr kuni soat 20:57 da “Voljskiy” temir yo‘l vokzalidan ushbu poyezdning birinchi reysi qatnovi boshlangan bo‘lsa, qolgan reyslari 6, 10, 13,17, 20, 24, 27 dekabr kunlari soat 20:57 da ushbu temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshiradi.
Mazkur poyezdga faqat bir tomonga, ya’ni “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishiga chiptalar sotiladi. Chiptalarni elektron tarzda ham sotish yo‘lga qo‘yilgan.
LiveBarchasi