Rossiyadagi universitetda otishma uyushtirgan yigit ushlandi

Olam

image

Avvalroq, Rossiyaning Perm universitetida otishma sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Hodisada besh kishi o‘ldirilgani aytilgandi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, otishmani 18 yoshli talaba Timur Bekmansurov uyushtirgan. U “VKontakte”da qoldirgan postida dastlab sobiq maktabiga hujum qilishni rejalashtirganini aytgan, keyin qarorini o‘zgartirgan.

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, otishmada 10 dan ortiq odam jarohatlangan.

Universitet rasmiy sahifasida otishmani uyushtirgan yigit ushlangani haqida xabar e’lon qilindi. Ichki ishlar vazirligi bu ma’lumotni tasdiqladi.

Hodisa yuzasidan ikki va undan ortiq odamning joniga qasd qilish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

universitet otishma

Baholaganlar

1183

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing