Rossiyadagi porox zavodida portlash yuz berdi
Olam
−
20 iyun 2023
8482Rossiyaning Tambov viloyatidagi porox zavodida sodir bo‘lgan portlash oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar berdi.
Rus nashrlarining ma’lum qilishicha, Tambov viloyatining Kotovsk shahridagi porox zavodining 3-sonli sexida bugun, 20 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da portlash sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng zavodda yong‘in chiqqan. Mazkur xabar Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan ham tasdiqlangan.
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar soni 16 kishiga yetgan, ulardan to‘rt nafari halok bo‘lgan. Boshqa manbalar esa qurbonlar soni 5 kishi ekanini yozmoqda.
Viloyat gubernatorining aytishicha, portlash inson omili sabab yuzaga kelgan. Holat terakt sifatida baholanmayapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHdagi yagona porox zavodi portlab ketgandi.
LiveBarchasi