AQSHdagi yagona porox zavodi portlab ketgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

AQSHning Luiziana shtati Minden shahridagi porox zavodi 2021 yilda portlab ketgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi

Qayd etilishicha, Mindendagi zavod 300 dan ortiq o‘q-dorilar, jumladan, M16 o‘qlari va 155 mm gaubitsalardan tortib Tomahawk va boshqa qanotli raketalar uchun porox ishlab chiqargan. Zavod AQSHda yagona bo‘lib, u hozirda ham yopiq ekani ma’lum qilingan. 

Shrivport shahridan 48 kilometr uzoqlikda joylashgan zavodning portlashi AQSH Mudofaa tizimi tayanadigan yagona manbadan ayrilaganini anglatadi. Mamlakat mudofaa ta’minoti tizimida shu kabi “yagona manba” korxonalar ko‘p. Masalan, Javelin tankka qarshi raketalari uchun raketa dvigatellarini faqat bitta kompaniya ishlab chiqarsa, yana bir zavodda gaubitsalarda ishlatiladigan barcha titan korpuslar chiqariladi. 

AQSH o‘q-dorilar ishlab chiqarish sanoatidagi bunday ehtimoliy to‘siqlar Sovuq urushdan keyingi sanoat konsolidatsiyasi bilan bog‘liqligi aytilmoqda. 

Minden zavodi o‘tgan yili raketa modellarini ishlab chiqaruvchi Estes Industries tomonidan uning avvalgi egasi Hodgdon Powder kompaniyasidan sotib olingan. Pentagon tomonidan Mudofaa ishlab chiqarish to‘g‘risidagi qonun orqali to‘langan 3,5 million dollarlik xavfsizlik yangilanishlari tugatilganidan so‘ng uni shu yozda qayta ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Hozirda Mudofaa pudratchilari mavjud zaxiralardan va chet eldan import qilinuvchi poroxdan foydalanayotgani xabar qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Ukrainani artilleriya snaryadlari bilan ta’minlash uchun Janubiy Koreyadan 500 mingta snaryadni “ijaraga” olmoqchiligi ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh porox zavodi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing