Rossiyadagi maktabda otishma uyushtirildi. O‘ndan ortiq qurbonlar bor

Olam

image

Rossiyaning Ijevsk shahridagi 88-maktabda noma’lum shaxs otishma uyushtirdi. Politsiya jinoyatchini qo‘lga olish choralarini ko‘rmoqda. Bu haqda bugun, 26 sentyabr kuni TASSga Udmurtiya Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

“Bugun politsiyaga Ijevsk shahridagi 88-maktabda otishma yuz bergani haqida xabar kelib tushdi. Politsiya xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borishdi. Hozirda gumonlanuvchini qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

RF Tergov qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, otishmada 13 kishi halok bo‘lgan, ulardan yetti nafari bola. 20 kishi jabrlangani aytilmoqda.

Ta’lim muassasasining aniqlik kiritishicha, ayni paytda o‘quvchilar va o‘qituvchilar evakuatsiya qilingan.

Udmurtiya rahbari Aleksandr Brechalov voqea joyiga yetib kelganini aytdi.

“88-maktabdagi vaziyat bo‘yicha: barcha kuch va vositalar jalb qilingan, voqea joyida barcha maxsus xizmatlar, tez yordam mashinasi ishlamoqda. Voqea joyiga yetib keldim, bo‘layotgan barcha voqealar haqida zudlik bilan xabar beraman”, deb yozdi Brechalov Telegram’dagi kanalida.

88-sonli maktab Ijevsk markazida, shahar ma’muriyati binosidan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda joylashgan. Ta’lim muassasasining ijtimoiy tarmoqlardagi guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, maktab 1994 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda 982 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda va 80 nafar o‘qituvchi ishlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

maktabda otishma

Baholaganlar

523

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made