Rossiyadagi aviahalokat qurbonlari soni ortdi

Olam

image

Avvalroq, Rossiyaning Kemerova viloyatida L-410 samolyoti xavfli qo‘nishni amalga oshirib, halokatga uchragani haqida xabar bergan edik. Rasmiylar hodisada 4 kishi qurbon bo‘lganini aytgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot halokati qurbonlari soni 9 nafarga yetdi: ikki nafar ekipaj a’zosi va yetti nafar parashyutchi.

Yengil motorli L-410 samolyoti Tanay aerodromidan uchgan. Parvoz vaqtida havo kemasi komandiri dvigatellardan biri ishlamay qolganini aytgan, so‘ng samolyotni ortga qaytarishga qaror qilingan. Qo‘nish vaqtida samolyotning chap qanoti yerga tegib, qulab tushgan.

Maxsus xizmatlar axborotiga ko‘ra, samolyot bortida 24 kishi bo‘lgan, ularning yetti nafari vafot etgan va 17 nafari jabrlangan. Kuzbass tibbiyot markazida jami 15 kishi jarohatlanganini, ularning to‘rt nafari og‘ir, 11 nafari yaxshi holatda ekani ma’lum qilingan.

Mintaqa gubernatori Sergey Sivilevga ko‘ra, samolyot 19 kishi bilan o‘quv parvozini amalga oshirayotgan bo‘lgan.

Holat yuzasidan tekshiruv ishlari boshlangan. Halokatdan so‘ng Tanay aerodromidan parvozlarni amalga oshirish to‘xtatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

234

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing