Rossiyada yuzdan ortiq o‘zbekistonliklar majburiy ishlatilgani aniqlandi

3-sahifa

image

Rossiyaning Ural federal okrugida majburiy mehnatga jalb etilgan o‘zbekistonliklar yurtiga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi. 

Bosh konsullikdan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, shu yil oktyabr oyida O‘zbekiston fuqarolari – X.S., B.S. U.D Tashqi mehnat migratsiya agentligining Yekaterinburg shahridagi vakiliga murojaat qilib Sverdlovsk viloyatidagi “Reftinskaya ptitsefabrika” korxonasi ish beruvchilari bir guruh o‘zbekistonliklarning fuqarolik pasportlarini olib qo‘yganini hamda maoshlarini bermasdan majburiy tarzda ishlatib kelayotganini ma’lum qilgan.

Ularning murojaatlari asosida olib borilgan surishtiruvlarga ko‘ra, joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida Moskva viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan “Konstanta” MCHJ 100 nafardan ortiq o‘zbekistonliklarni Sverdlovsk viloyatidagi yirik tovuq yetishtirish xo‘jaligiga olib kelgan. Migrantlar Rossiyada vaqtincha bo‘lish va ishlash huquqini beruvchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilmasdan ishga jalb etilgan.

Ular bilan muloqot davomida o‘zbekistonliklar 2 oy davomida oylik maoshlarini olmagani, fuqarolik pasportlari tortib olingani aniqlangan.

Korxona rahbariyati bilan olib borilgan muzokaralar oqibatida 53 nafar o‘zbekistonliklarning fuqarolik pasportlari olib berilishiga erishilgan va ularga vatanga yetib olishi uchun ko‘mak ko‘rsatilgan. Qolganlar esa Yekaterinburg, Moskva va boshqa shaharlarida qonuniy tarzda o‘z faoliyatlarini davom ettirish istaklarini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirilgandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya o'zbekistonliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing