Rossiyada yirik harbiy samolyot qulab tushdi

Olam

image

Bugun, 9 dekabr kuni Rossiyaning Ivanovo viloyatida An-22 samolyoti qulab tushdi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar berdi. 

“Ivanovo viloyatida ta’mirdan keyingi aylanib uchish vaqtida An-22 harbiy-transport samolyoti halokatga uchradi. Samolyot odamlar yashamaydigan hududga qulagan”, deyiladi rasmiy xabarda.

Hodisa joyiga qidiruv-qutqaruv guruhi va Harbiy-havo kuchlari komissiyasi uchib ketgan. Ular voqea sabablarini hamda bortdagi ekipajning taqdirini aniqlaydi.

“Shot” Telegram-kanali ma’lumotiga ko‘ra, samolyot parchalanib ketgan. Bortda yetti kishi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya tarkibidagi Kareliya Respublikasida Su-30 harbiy samolyoti o‘quv parvozi vaqtida qulab tushgandi. Hodisa oqibatida ekipaj a’zolarining hech biri tirik qolmagan.


Maqola muallifi

Teglar

harbiy samolyot An-22

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing