Rossiyada Yevropa Kengashining nizom va shartnomalari qo‘llanilishi to‘xtatildi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Yevropa Kengashining Nizomi, shuningdek, ushbu tashkilotning 20 ta xalqaro shartnomasining Rossiya Federatsiyasiga nisbatan qo‘llanilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Qayd etilishicha, qonun doirasida 21 ta hujjat denonsatsiya qilingan. Ular orasida terrorizmga qarshi kurash, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Yevropa konvensiyalari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning Yevropa Xartiyasi, Yevropa ijtimoiy Xartiyasi va boshqalar ham bor.

Federatsiya Kengashi spikeri o‘rinbosari Konstantin Kosachevning aytishicha, Rossiya 2022 yil 16 martda Yevropa Kengashi tarkibidan chiqishga qaror qilgandan buyon Yevropa Kengashi a’zolari uchun ochiq deb ataladigan konvensiyalardan voz kechib kelmoqda. Yangi qonunda ham Rossiyaning huquqiy sohasidagi aynan shu bilan bog‘liq ziddiyatlarini bartaraf qilish ko‘zlangan. 

Manbaga ko‘ra, hujjat kuchga kirgandan so‘ng, ba’zi federal konstitutsiyaviy qonunlarga o‘zgartirishlar kiritish talab etiladi. Xususan, 2001 yil 30 maydagi “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi qonunning 37 moddasi ya’ni favqulodda holat joriy etilganligi va uning amal qilish muddati tugagani haqida BMT va Yevropa Kengashini xabardor qilish, shuningdek, 2002 yil 30 yanvardagi “Harbiy holat to‘g‘risida”gi qonunning 22-moddasi ya’ni harbiy holat joriy etilishi va uning bekor qilinishi to‘g‘risida BMT va Yevropa Kengashini xabardor qilishni nazarda tutuvchi qonunlar o‘zgartirilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Putin Strategik qurollarni qisqartirish bo‘yicha shartnoma (START) dagi ishtirokini to‘xtatuvchi qonunni imzolagandi. Qonunga ko‘ra, START faoliyati to‘xtatilgan va Rossiyaning shartnomadagi ishtirokini qayta tiklash to‘g‘risidagi qaror davlat rahbari tomonidan qabul qilinishi mumkin ekani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Evropa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing