Rossiyada yana temiryo‘l portladi
Olam
−
05 iyun 13712 2 daqiqa
Bugun, 5 iyun kuni Rossiyadagi Voronej viloyatining Yevdakovo va Saguni stansiyalari orasida temiryo‘l portlatildi. Bu haqda “Vesti Voronej” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu hodisa Yevdakovo va Saguni stansiyalari orasidagi 725-kilometrda sodir bo‘lgan. Poyezdlarning harakati bir yo‘nalishda to‘xtatilgan.
Vagonlarning relsdan chiqib ketishi holati kuzatilmagan, jabrlanganlar yo‘q, voqea joyiga esa maxsus xizmatlar yetib borgan.
“Hodisa sababini allaqachon tezkor xizmatlar aniqlamoqda, ularning vakillari hozirda voqea joyida. Shuningdek, u yerda Janubiy-Sharqiy temiryo‘lga qarashli avariya-qutqaruv brigadasi ham ishlamoqda. Vaziyatni shaxsan nazoratimga olganman”, deya o‘z Telegram-kanalida yozib qoldirgan Voronej viloyati gubernatori Aleksandr Gusev.
Temiryo‘llar qulashi
Joriy yilning 31 may kuni Bryansk viloyatida joylashgan “Pilsino-Vigonichi” yo‘nalishidagi bir yo‘lakli temiryo‘l bo‘lagida avtomobil ko‘prigining ustki qismi qulab tushgandi. Oqibatda ”Klimovo–Moskva” yo‘nalishida harakatlanayotgan 86-sonli yo‘lovchi poyezdining lokomotivi va vagonlari relsdan chiqib ketgan. Qolaversa, yetti kishi halok bo‘lgan va 70 dan ortiq odam jarohat olgan.
Boshqa holatda esa Kursk viloyatida temiryo‘l ko‘prigi poyezd bilan birgalikda qulab tushgan. Jurnalist Aleksandr Xinshteynning xabar berishicha, Trostna-Kalinovka yo‘lining 48-kilometrida ko‘prik ustidan poyezd o‘tib ketayotgan vaqtida u qulab tushgan. Hodisa oqibatida 1 kishi jarohatlangan. Poyezdning bir qismi ko‘prik ostidagi avtomobil yo‘liga ag‘darilgan. Poyezd lokomotivida yong‘in boshlangan, lekin Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari uni tezda o‘chirgan. Qolgan vagonlar temiryo‘l platformasida qolgan.
Yuqoridagi 2 holat Rossiya tergovchilari tomonidan terrorchilik harakati deb baholandi.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa javobgarlikni Ukraina rahbariyatiga yukladi. https://qalampir.uz/news/putin-ukrainani-terakt-uyushtirishda-aybladi-119893 Putin temiryo‘llar portlashiga aloqador ravishda Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatish yoki Kiyev bilan sammit o‘tkazish zarurligi borasida shubhalarini bildirgan.
“Bugun, katta yo‘qotishlar fonida va butun front chizig‘i bo‘ylab chekinib, Rossiyani qo‘rqitishga urinar ekan, Kiyev rahbariyati terrorchilik aktlarini uyushtirishga o‘tdi. Bunday sharoitda qanday qilib yuqori darajadagi uchrashuvlar o‘tkazilishi mumkin? Nima haqida gaplashiladi? Kim terrorga tayanganlar bilan muzokara olib boradi? Terrorchilar bilanmi?” degan Rossiya rahbari.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr