Rossiyada vertolyot qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Rossiyaning Oltoy Respublikasi hududida bortida yo‘lovchilari bo‘lgan Mi-8 vertolyoti qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda  Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi

Qayd etilishicha, respublikaning Ust-Koksin tumani Tyungur qishlog‘ida qo‘nishga urinayotgan vertolyot elektr simlariga urilib, qulab tushgan va yonib ketgan. 

Halokatga uchragan vertolyot bortida 13 nafar sayyoh (12 nafari Rossiya va bir nafari Belarus fuqarosi) va uch ekipaj a’zosi bo‘lgan. Federal havo transporti agentligida aniqlik kiritilishicha, parvoz ekskursiya guruhini tashish uchun amalga oshirilgan. Dastlab, yo‘lovchilardan 6 nafari halok bo‘lgani va yana yetti kishi jarohatlangani aytildi. Biroq keyinchalik qurbonlar soni 4 kishiligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, to‘qqiz kishi jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgani aytildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya vertolyot Halokat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made