Rossiyada vertolyot qulab tushdi. 3 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
17 Sentabr
4483Rossiyaning Amur viloyatida kecha, 16 sentyabr kuni g‘oyib bo‘lgan Robinson vertolyotining qulashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Vertolyot topildi, ekipaj a’zolarining uchalasi ham halok bo‘lgan. Vertolyotning qoldiqlari favqulodda mayoq signali qoldirilgan joyda topildi”, deyiladi xabarda.
Nashrga ko‘ra, kecha, 16 sentyabr kuni kechqurun Amur viloyatining Zeya tumanida Robinson R66 vertolyotidan favqulodda radiomayoq signali kelib tushgan. Uning bortida uchuvchi va ikki yo‘lovchi bo‘lgan. Yo‘qolgan vertolyotni qidirishga 20 ga yaqin odam va 7 ta texnika jalb qilingan. Samolyot “Xergu” oltin qazib oluvchi kompaniyaga tegishli bo‘lgan va ekipaj korxona hududidan uchib o‘tgan. Halokat joyi qutqaruvchilar tomonidan bugun, 17 sentyabr kuni aniqlangan.
Rossiya Tergov qo‘mitasining Sharqiy mintaqalararo transport tergov boshqarmasi vertolyotning yo‘qolishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada bortida 22 kishi bo‘lgan vertolyot bedarak yo‘qolgani xabar qilingan edi.
LiveBarchasi