Rossiyada vaksina sinovi yakunlandi

Olam

image

Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko Gamalei nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya markazida tayyorlangan koronavirus vaksinasi sinovlari yakunlanganini ma’lum qildi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga qarshi ommaviy emlash oktyabr oyida o‘tkaziladi. Hozirda bu preparatni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlarni tayyorlash ishlari olib borilyapti.

Vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgach, emlash boshlanadi. Avvalo xavf guruhiga kiruvchilar emlanadi.

“Bu birinchi navbatda tibbiyot xodimlari va o‘qituvchilar, ular keyin kuzatuvda bo‘ladi”, deya aniqlik kiritgan Murashko.

RIA Novosti ma’lumotiga ko‘ra, vaksina 10-12 avgust oralig‘ida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Aholi iste’moli uchun ruxsatnoma 15-16 avgust kunlarida beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Rossiyada

Baholaganlar

2497

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing