Rossiyada o‘zbekistonliklarni terrorchi tashkilotga yollagan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
21 avgust
4544Rossiyaning Xabarovsk shahrida chet el fuqarosi O‘zbekiston fuqarolarini terrorchilar safiga yollagan. Bu haqda hudud Federal xavfsizlik xizmati xabar berdi.
“Terrorchilik faoliyatida yordam ko‘rsatgan Markaziy Osiyo davlatlaridan birida tug‘ilgan shaxs qo‘lga olindi. Ushlangan shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xalqaro terrorchilik tashkiloti faoliyatida tayyorgarlikdan o‘tish va bevosita ishtirok etishga yollagan”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ayblanuvchining harakatlaridan keyin Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205.1-moddasi 1.1-qismi (Terrorchilik faoliyatiga ko‘mak ko‘rsatish) bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi.
Hozirda gumondor hibsga olingan va tergov jarayoni davom etmoqda.
LiveBarchasi