Rossiyada o‘zbekistonliklar qul qilib sotilgani aniqlandi

Olam

image

Rossiyaning Stavropol viloyatida ikki nafar o‘zbekistonlikni qul qilib ishlatganlar qo‘lga olindi. Bu haqda SHOT Telegram-kanalida xabar berildi. 

Manbaga ko‘ra, Shpakovskiy tumanidagi Aviator qishlog‘ida yashovchi 71 va 52 yoshli ikki erkak hamda 31 yoshli ayol noma’lum shaxslardan Rossiyada noqonuniy yashab kelgan o‘zbekistonlik 31 yoshli erkak va 27 yoshli ayolni 20 ming rublga sotib olgan.

Pensioner erkak boshchiligidagi jinoiy sheriklar o‘zbekistonliklarni 6 oy davomida dehqonchilik qilishga majburlab kelgan. Mazkur holat huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan aniqlanib, ikki kishi hibsga olingan, ularning uchinchisi esa iyul oyi oxirida vafot etgani aniqlangan.

71 yoshli fuqaroga nisbatan “Odamni o‘g‘irlash bilan bog‘liq bo‘lmagan qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum qilish” va “Noqonuniy migratsiyani tashkil etish” moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov izolyatoriga joylashtirilgan. 31 yoshli ayol esa hozirda uy qamog‘iga olingan. Ayni paytda odam savdosi bilan shug‘ullanayotganlar qidirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq odam savdosi qurboni bo‘lgan qancha fuqaro O‘zbekistonga qaytarilgani ochiqlangan edi. Unga ko‘ra, chet elda qiyin vaziyatlarda qolgan, masalan, odam savdosi qurboni bo‘lgan yoki ishsiz, boquvchisiz qolgan va boshqa murakkab holatga tushib qolgan 523 nafar fuqaro vatanga qaytarilgan. Shundan 113 nafari vaqtincha saqlash muassasalaridan olib chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya odam savdosi o'zbekistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing