Endi o‘zbekistonliklar Rossiyada ishga kirish uchun alohida imtihon topshiradi

Olam

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning noyabr oyidan boshlab Rossiya qurilish ishlariga jalb qilinadigan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarini imtihon orqali qabul qiladi. Bu haqda Quruvchilar milliy uyushmasi assotsiatsiyasi prezidenti Anton Glushkov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va assotsiatsiya sentyabr oxirida hamkorlik shartnomasini imzolagan. Unda tomonlar qurilish sohasidagi xorijlik ishchilarning malakasini tekshirishga kelishib olgan.

“Noyabrdan boshlab Rossiyaga kiradigan barcha chet ellik ishchilarni nafaqat emlash va IIV tekshiruvidan o‘tkazish, balki imtihon ham topshirishlarini mo‘ljallayapmiz. Sinov imtihonlari keyingi haftada o‘tkaziladi. Uning natijasiga ko‘ra, biz Rossiyadagi qurilish ishlariga mos keladigan bilim darajasini aniqlab, o‘tish balini kelishib olamiz”, deydi Glushkov.

Glushkovning so‘zlariga ko‘ra, assotsiatsiya tomonidan O‘zbekistonda tashkil etilayotgan masofaviy nazariy imtihonlarning 80 foizi tanlangan mutaxassislik bo‘yicha kasbiy savollar va 20 foizi mehnat muhofazasi bo‘yicha savollardan iborat.

Uning ta’kidlashicha, imtihon ixtiyoriy bo‘ladi. Aytilishicha, O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga sayyohlik vizasi bilan kirishi, patent olishi va keyin ishlashi mumkin. Bu ishlashga to‘sqinlik qilmaydi. 

“Bizning mustaqil imtihonimiz mutaxassisning bilimini tasdiqlaydi va ish beruvchiga ma’lum kafolat beradi”, deydi Anton Glushkov.

Uning aniqlik kiritishicha, Rossiyadagi qurilish muhojirlarining 80 foizi O‘zbekiston, Tojikiston va Belarus fuqarolari

“Umuman olganda, O‘zbekiston Rossiyani 40 mingga yaqin mutaxassis bilan ta’minlashga tayyor. Vazifamiz uni teng ravishda ta’minlashdir. Rossiya hududida chet elliklar doimiy bo‘lishi kerak, boisi qurilish yil davomida amalga oshirialdi”, deydi Glushkov.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 oktyabridan boshlab Rossiya hududida noqonuniy yashayotgan chet elliklar majburiy chiqarib yuborilishi yoki ularga nisbatan boshqa ma’muriy chora qo‘llanishi haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

migrant imtihon

Baholaganlar

237

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing