Rossiyada o‘zbekistonlik yigit balandlikdan yiqilib, halok bo‘ldi
Olam
−
21 fevral
6596Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Moskva tumanida qurilish ishlari olib borilayotgan paytda o‘zbekistonlik migrant halok bo‘ldi. Bu haqda “78.ru” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Pulkovo shossesida joylashgan turarjoy majmuasi qurilish maydonchasida 24 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qoliplarni demontaj qilish jarayonida 3,5 metrdan ortiq balandlikdan yiqilib, halok bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, baxtsiz hodisaga ishchining xavfsizlik qoidalarini buzgani sabab bo‘lgan.
Bildirilishicha, hodisa yuzasidan Rossiya Tergov qo‘mitasi va Mehnat inspeksiyasi tekshiruv boshlab, qurilish ishlarida xavfsizlik choralari va mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qilinganini o‘rganmoqda. Hozirda tergovchilar qurilish maydonchasida ishchining o‘limiga olib kelgan holatni aniqlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 25 yanvar kuni taxminan soat 23:30 da Rossiyaning Leningrad viloyatining Kingisepp tumanidagi Ust-Luga qishlog‘i yaqinida joylashgan Krakole kvartalida metall konstruksiyalarni yig‘uvchi bo‘lib ishlagan 42 yoshli O‘zbekiston fuqarosi taxminan 30 metr balandlikdan qulab tushib vafot etgan edi.
LiveBarchasi