Rossiyada o‘zbekistonlik yigit 3-qavatdan tushib ketdi

Jamiyat

image

Rossiyaning Minusinsk shahrida ishlayotgan O‘zbekiston fuqarosi qurilish ob’ektining 3-qavatidan tushib ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, A.T. 2022 yilning iyul oyida Krasnoyarsk o‘lkasining Minusinsk shahriga ishlash maqsadida borgan. U joriy yilning 3 iyul kuni ish vaqtidagi baxtsiz hodisa oqibatida og‘ir tan jarohati olib, shahar shifoxonasiga yotqizilgan.

Shifoxonada o‘zbekistonlik yigitga tibbiy yordam ko‘rsatilib, jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Shundan so‘ng, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi hisobidan Krasnoyarsk – Namangan yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta olib berilib, vatanga qaytarilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Voronej viloyatida qurilishda ishlagan o‘zbekistonlik erkak ish vaqtida ikkinchi qavatdan tushib ketgan edi. Shuningdek, Turkiyaning Istanbul shahrida o‘zbekistonlik fuqaro ikkinchi qavatdan yiqilib tushgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya o'zbekistonlik Krasnoyarsk Minusinsk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing