Rossiyada o‘zbekistonlik yigit 11 yoshli qizga jinsiy tajovuz qilishda ayblanmoqda

3-sahifa

image

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 11 yoshli qizga tegajog‘lik qilishda gumonlanib, hibsga olindi. Bu haqda “Fontanka.ru” xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, holat kecha, 14 noyabr kuni soat 07:30 lar atrofida Vasilevskiy orolidagi maktabga yaqin hududda sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchi qizning so‘zlariga ko‘ra, yigit uning jinsiy a’zolariga teginib, quchoqlagan va yuzidan o‘pgan.

Huquq-tartibot idoralari qiz tasvirlagan ko‘rinishga mos keladigan yigitni o‘sha kuniyoq qo‘lga olgan. Aniqlanishicha, u federal qidiruvdagi 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqqan.  

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Magadan viloyatida 37 yoshli o‘zbekistonlik erkak 18 yoshli qizni zo‘rlashda gumon qilinib, hibsga olingan edi. Shuningdek, Sankt-Peterburg shahrida yo‘lovchiga nisbatan zo‘ravonlik qilishda gumonlangan 27 yoshli o‘zbekistonlik taksi haydovchisi hibsga olingan edi

Bundan tashqari, Sankt-Peterburgda noqonuniy yashab yurgan o‘zbekistonlik ikki migrant 12 yoshli qizga tajovuz qilgani haqida xabar berilgandi


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston o'zbekistonlik tajovuz tegajog'lik Vasilevskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing