Rossiyada o‘zbekistonlik ikki noqonuniy migrant 12 yoshli qizga shilqimlik qildi
3-sahifa
−
10 iyul 2023 9871 1 daqiqa
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik ikki noqonuniy migrant 12 yoshli qizga tajovuz qildi. Bu haqda “Fontanka” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea joriy yilning 9 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:30 da sodir bo‘lgan. Maktab o‘quvchisi Yuqori Suzdal ko‘lida ishlayotgan qutqaruvchining oldiga yugurib kelib, unga notanish odamlar tahdid qilayotganini aytgan. Qutqaruvchi politsiyaga murojaat qilgan va gumonlanuvchilar qo‘lga olingan.
Aniqlanishicha, qizga tegajog‘liq qilgan 19 yoshli ikki o‘zbekistonlik Rossiyaga noqonuniy tarzda kelgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ularga nisbatan migratsiya qonunchiligining buzilishi bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Qizning onasi unga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani yuzasidan ariza bergan. Hozirda jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi muhokama qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada o‘zbekistonlik erkak 10 yashar qizni zo‘rlashda ayblangandi. Shuningdek, yana bir O‘zbekiston fuqarosi 15 yoshli voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilgani ma’lum bo‘lgan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust