O‘zbekistonlik erkak tug‘ilgan kunini 15 yashar qizni zo‘rlash bilan “nishonladi”

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Kecha, 1 iyun kuni o‘zining 37 yoshini qarshilagan o‘zbekistonlik erkak tavallud kunini voyaga yetmagan qizga jinsiy zo‘ravonlik qilish bilan nishonladi. Ushbu voqea Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ro‘y bergan. Bu haqda “Konkretno.ru” xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, Sankt-Peterburgda istiqomat qiluvchi 40 yashar ayol huquq-tartibot organlariga murojaat qilib, 1 iyun kuni soat 19:00 atrofida Elagin oroli hududida noma’lum shaxs uning voyaga yetmagan 15 yoshli qiziga jinsiy zo‘ravonlik harakatlarini sodir etgani haqida xabar bergan. 

Huquq-tartibot organlarida tomonidan olib borilgan tezkor choralar natijasida bir soat o‘tib, gumonlanuvchi Elagin oroli hududida qo‘lga olingan. Alohida urg‘ulanishicha, u shu kuni 37 yoshni qarshilagan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, migrant ikki yil oldin Sankt-Peterburgga ishlash maqsadida kelgan. U hozirgacha Federatsiyasi hududida qonuniy ro‘yxatdan o‘tmasdan yashagan.  

Xabarga ko‘ra, ushbu jinoyat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 132-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va gumonlanuvchi vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Sardor To‘lanboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

5173

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing