Rossiyada o‘zbekistonlik erkak 10 yashar qizni zo‘rlaganlikda ayblanmoqda

3-sahifa

image

O‘zbekistonlik erkak Sankt-Peterburgdagi qishloqlardan birida 10 yoshli qizga jinsiy tajovuz qilgani aniqlandi. Bu haqda “78.ru” xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, Sankt-Peterburgning Kolpinskiy tumanidagi Metallostroy qishlog‘ida 10 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilish holatlari tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganilmoqda.

Holat qishloqning Shkolnaya ko‘chasidagi “Pyaterochka” do‘koni hududida sodir bo‘lgan. Noma’lum erkak 10 yoshli qizga nisbatan jinsiy tajovuz qilgani haqida navbatchi bo‘limga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga yetib kelgan otryad jinoyatni sodir etishda gumon qilib, 46 yoshli O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini qo‘lga olgan. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 14 aprel kuni Rossiyada voyaga yetmagan 13 yoshli qizni zo‘rlaganlikda gumon qilingan o‘zbekistonlik migrant qo‘lga olingan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg migrant jinsiy tajovuz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing