Kurs UZS

USD

12 943.39

-9.81

EUR

14 108.30

50.19

RUB

153.70

2.57

Rossiyada o‘zbekistonlik koronavirusdan vafot etdi

Olam

image

Rossiyaning Voronyoj shahrida 39 yoshli O‘zbekiston fuqarosi koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda Voronyoj viloyatining koronavirus bo‘yicha tezkor shtabi ma’lum qildi.

Erkak 8-sonli Voronyoj tez tibbiy yordam shifoxonasida vafot etgan. U 10 kun davomida uyida davolanishga harakat qilgan, 8 aprelgacha shifokorlarga murojaat qilmagan. So‘ng 2 kun sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan.

O‘zbekistonlikning Rossiyada yashash uchun ruxsatnomasi bo‘lgan. U yaqinda Moskvadan Voronyojga kelgan. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada 27 938 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 2304 nafari sog‘aygan va 232 nafari vafot etgan.

Avvalroq, AQSHning Nyu-York shahrida koronavirus yuqtirgan 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonlik Koronavirus Rossiyada

Baholaganlar

569

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing