Rossiyada o‘zbekistonlik erkak sherigini o‘ldirib, uyini yoqib yubordi

3-sahifa

image

Rossiyaning Astraxan shahrida O‘zbekiston fuqarosi o‘z tanishlarini o‘ldirish va suiqasd qilishda ayblanmoqda. Bu haqda “Kaspyinfo” xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 28 iyun kuni 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi Astraxan shahridagi kafeda ovqatlangan. Ularning ikki nafari suhbat chog‘ida yuzaga kelgan muammo sabab o‘zaro janjallashib qolgan. Biroz vaqtdan so‘ng ular kafedan chiqib, o‘zlari vaqtincha yashayotgan uyga jo‘nab ketgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 29 iyunga o‘tar kechasi ayblanuvchi do‘stidan qasd olish maqsadida uning uxlashini kutgan, keyin esa bo‘yniga pichoq bilan bir necha bor urib, uni o‘ldirgan. Gumonlanuvchi, shuningdek, jinoyat izlarini yashirish va potensial guvohni yo‘qotish uchun uyga o‘t qo‘yib yuborgan. Bu vaqtda uyda uchinchi o‘zbekistonlik ham uxlab yotgan bo‘lgan.

Biroq uning rejasi ish bermagan, qutqaruv xizmati xodimlari yong‘in ichidan ikkinchi jabrlanuvchini qutqarib qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Ayblanuvchiga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 167-moddasi (qotillik, ikki kishini o‘ldirishga urinish, birovning mulkini qasddan yo‘q qilishga urinish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov nihoyasiga yetib, mazmunini ko‘rib chiqish uchun sudga jo‘natilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya poytaxti Moskva shahrida 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ikki kishini so‘yib tashlashda ayblanib, hibsga olingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya qotillik yong'in O'zbekiston o'zbekistonlik suiqasd Astraxan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing