Rossiyada o‘zbekistonlik erkak rashk tufayli xotinini derazadan uloqtirib yubordi

3-sahifa

image

Kecha, 17 iyun kuni Rossiyada o‘zbekistonlik erkak xotinini rashk tufayli ko‘p qavatli binoning oltinchi qavati derazasidan uloqtirib yubordi. Bu haqda “Komsomolskaya Pravda” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea kunduzi Sankt-Peterburg shahrida sodir bo‘lgan. 34 yoshli ishsiz o‘zbekistonlik rashk tufayli 27 yoshli xotinini ijaraga olingan ikki xonali kvartiraning ochiq derazasidan tashqariga otib yuborgan.

Bildirilishicha, ayol yiqilganidan keyin tirik bo‘lgan. So‘ng u shifoxonaga olib borilgan. Ammo birozdan keyin ayol shifoxonada vafot etgan.

“Hozirda erkak qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan”, deyiladi xabar so‘ngida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda ko‘p yig‘lagani uchun chaqaloqni uchinchi qavatdan uloqtirgan shaxsga hukm o‘qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg o'zbekistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made