Rossiyada o‘zbekistonlik erkak 11 yashar qizni zo‘rlashda gumonlanib hibsga olindi
3-sahifa
−
01 avgust 2023
8177Rossiyaning Leningrad viloyatida O‘zbekiston fuqarosi 11 yashar qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda “78.ru” xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 19 iyul kuni jabrlanuvchining onasi 11 yoshli qizi noma’lum erkak tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchraganini aytib, politsiyaga murojaat qilgan.
Hozirda 42 yoshli o‘zbekistonlik erkak izolyatorga olinib, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilgani va hodisaning barcha holatlariga oydinlik kiritilayotgani ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida politsiya voyaga yetmagan maktab o‘quvchisini zo‘rlaganlikda gumon qilib, 55 yoshli o‘zbekistonlik muhojirni qo‘lga olgan edi. Aniqlik kiritilishicha, u Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 3-qismi (zo‘rlash) bilan javobgarlikka tortilgan.
LiveBarchasi