Rossiyada o‘zbekistonlik ayollar is gazidan zaharlandi

Olam

image

Bugun, 5 may kuni Rossiyaning Boshqirdiston Respublikasi Nurimonov tumanida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan olti nafar ayol is gazidan zaharlandi. Ularning barchasi xususiy uyda yashagan va mahalliy agrofirmada ishlagan. Bu haqda O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumot berdi.

Ma’lumotni Bosh konsulxonaga Boshqirdiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlab, ularning barchasi Nurimonov tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilganini ma’lum qilgan. Ularga is gazidan o‘rtacha darajada zaharlanish tashxisi qo‘yilgan.

Sog‘liq uchun hech qanday xavfning yo‘qligi tufayli barcha zaharlangan ayollarga 6 may kuni ruxsat berish rejalashtirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya zaharlanish is gazi

Baholaganlar

44

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing