Rossiyada o‘zbekistonlik ayol zo‘rlandi
Jamiyat
−
27 avgust 2019
15006Rossiyaning Sosnoviy Bor shahrida ikki O‘zbekiston fuqarosi o‘z vatandoshini zo‘rlashda gumonlanib, qidiruvga berildi.
Joriy yilning 24 avgust kuni kechasi Sibir ko‘chasidagi kvartirada 1988 yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik ayol zo‘rlangan. Jabrlanuvchi bu haqda huquq-tartibot organlariga xabar bergan.
Hozirda O‘zbekiston fuqarolari 1986 yilda tug‘ilgan Odil R. va 1992 yilda tug‘ilgan Bobur X. mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumonlanyapti. Holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining hududiy bo‘limi tekshiruv boshlagan.
LiveBarchasi