Rossiyada o‘zbekistonlik 55 yashar muhojir 9-sinf o‘quvchisini zo‘rlaganlikda ayblanmoqda
3-sahifa
−
25 iyul 2023 12399 1 daqiqa
Sankt-Peterburgda politsiya voyaga yetmagan maktab o‘quvchisini zo‘rlaganlikda gumon qilib, 55 yoshli muhojirni qo‘lga oldi. Bu haqda TASS agentligiga Rossiya Ichki ishlar vazirligining Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar bergan.
“Politsiya xodimlari “Ishonch telefoni”ga qo‘ng‘iroq qilgan 2007 yilda tug‘ilgan qiz bir oycha avval tanishuv saytida noma’lum erkak bilan uchrashganini aniqladi. Qisqa suhbatdan so‘ng u 24 iyul kuni soat 14:00 dan 16:30 gacha S’ezjinskaya ko‘chasidagi mehmonxonada uchrashish taklifiga rozi bo‘lgan, bu shaxs voyaga yetmagan qizga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etgan”, deydi matbuot xizmati.
Grivsov ko‘chasidagi 26-uy hududida tezkor xodimlar tomonidan yaqin xorij davlatlaridan birining muqaddam bir necha marta sudlangan 55 yoshli fuqarosi jinoyat sodir etganlikda gumonlanib, qo‘lga olingan.
Aniqlik kiritilishicha, qo‘lga olingan shaxs O‘zbekiston fuqarosidir. U Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 3-qismi (zo‘rlash) bilan javobgarlikka tortilgan.
Huquq-tartibot idoralari voqea haqida shifokorlardan xabar topgan – jabrlanuvchi, shahar maktablaridan birining 9-sinf o‘quvchisi avvalroq ishonch telefoni orqali ularga murojaat qilgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr