Rossiyada o‘zbek va tojiklardan iborat jinoiy guruh qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Rossiyaning Tomsk shahrida Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolaridan iborat jinoiy guruh qo‘lga olindi. Bu haqda TASS'ga viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rossiya Ichki ishlar vazirligining Tomsk viloyati bo‘yicha Narkotik moddalarni nazorat qilish boshqarmasi xodimlari Sibir federal okrugida giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh faoliyatiga nuqta qo‘ygan.

“Viloyat hududiga giyohvand moddalarni yetkazib berish kanalini tashkil qilgan guruh rahbari – 1976 yilda Tojikiston Respublikasida tug‘ilgan shaxs qo‘lga olindi”, deyiladi xabarda. 

Tintuv chog‘ida uning mashinasidan ikki bog‘lam qora rangli polimer paketda umumiy og‘irligi 1 kg dan ortiq geroin moddasi topilgan.

Shuningdek, guruhning yana to‘rt nafar a’zosi: 1984, 2003 va 2002 yillarda tug‘ilgan O‘zbekiston Respublikasining uch nafar fuqarosi va 1982 yilda tug‘ilgan bir nafar Tojikiston fuqarosi qo‘lga olingan.

Politsiya ularning yashiringan joyidan 200 dan ortiq o‘ramda taqiqlangan moddalar, qadoqlash materiallarini musodara qilgan.

Guruh a’zolari mamlakat Jinoyat kodeksining 228.1- moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda. Ma’lum qilinishicha, barcha ularga nisbatan ayblov e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston O'zbekiston geroin jinoiy guruh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing